Payme VISA bo’yicha savollar

27 Noyabr 2020

Visa virtual kartasini qanday to‘ldirish mumkin?

Payme ilovasi orqali virtual Payme VISA kartasini har qanday bankning Uzcard / HUMO so’mlik bank kartalaridan mablag’ o’tkazish orqali to’ldirishingiz mumkin.

O’tkazma uchun komissiya summaning 0,5 foizini tashkil qiladi.

Hozirda kartani naqd pul bilan to’ldirish mumkin emas.

Kartadan mablag’larni chiqarib olish mumkinmi?

Ha, virtual Visa kartasidan pul mablag’larini istalgan bankning Uzcard* / HUMO-ga o’tkazib olish mumkin. Chiqarilgan mablag’ uchun komissiya – summaning 1%.

*Tez kunda Uzcard

Bankda kartadan mablag’ yechib olsam bo’ladimi?

Ha, Ravnaq bankining bosh ofisiga pasportingiz bilan kelib, virtual kartadan mablag’ yechib olish uchun ariza to’ldirishingiz kerak.

Payme VISA kartasidan mablag’ sarflashning kunlik limiti qancha?

Payme VISA kartasidan kunlik mablag’ sarf qilish limiti – 5.000.000 so’m

Xarajatlarning oylik limiti – 20.000.000 so’m

Karta chiqarishning qiymati qancha?

Virtual karta ochish uchun komissiya – 10 000 so’m

Kartadagi minimal qoldiq qancha bo’lishi kerak?

Virtual karta hisobidagi minimal qoldiq – 10000 so’m. Kartani ochganingizda birinchi to’ldirishda -10.000 so’m qoldig’i paydo bo’ladi, minimal qoldiq avtomatik ravishda to’ldirish summasidan ushlab qolinadi.

To’lov qaysi kurs bo’yicha amalga oshiriladi?

To’lov operatsiya vaqtida Bankning amaldagi kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Shu sababli, valyuta kursining o’zgarishiga qarab, tovar yoki xizmatlarning so’mdagi narxi har xil bo’lishi mumkin.

Ushbu karta bilan qayerda to’lov qilishim mumkin?

Siz butun dunyo bo’ylab onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz, pullik xizmatlar uchun obuna uchun to’lovlarni to’lashingiz, pulli funktsiyalarni sotib olish orqali telefoningiz yoki shaxsiy kompyuteringizdagi dasturlarning imkoniyatlarini kengaytirishingiz mumkin.

Shuningdek, virtual kartadan bank kartalari ma’lumotlarini talab qiladigan xizmatlarga ro’yxatdan o’tish uchun foydalanishingiz mumkin.

Siz kartaga pul o’tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin. Siz Payme VISA’ga dunyoning 38 mamlakatidagi istalgan Visa kartasidan mablag’ qabul qilishingiz mumkin.

Payme VISA virtual kartasidan foydalanish xavfsizmi?

Ha, xuddi jismoniy karta kabi, xavfsiz.

Internetda xaridlaringiz uchun to’lovni amalga oshirishda siz jismoniy karta o’rniga virtual kartaning ma’lumotlarini ko’rsatishingiz mumkin. Virtual kartaga faqat zarur miqdordagi mablag’ni tashlab, siz asosiy kartangiz ma’lumotlari o’g’irlanishi yoki hisobdan chiqarilish xavfidan xalos bo’lasiz. Siz 5 tagacha virtual kartalarga buyurtma berishingiz va ularni bitta to’lov uchun yetarli bo’lgan minimal qoldiq bilan ishlatishingiz mumkin. Bunday karta yordamida katta miqdordagi pulni o’g’irlash mumkin bo’lmaydi.

To’lovlar monitoringining qiymati qancha?

To’lovlar monitoringi – bepul

3DS orqali xaridlar qiymati qancha?

Masofaviy xizmat ko’rsatish – Bepul

To’lov uchun komissiya miqdori qancha?

Virtual kartadan foydalangan holda tovar va xizmatlarga haq to’lashda, shu jumladan Internet saytlari orqali xizmatlar va tovarlarga haq to’lashda komissiya olinmaydi

Virtual karta orqali oylik harajatlar limiti bormi?

Virtual karta bo’yicha oylik harajatlar limiti – 20 000 000 so’m

Chargeback xizmatini buyurtma qilish mumkinmi? Uning qiymati qancha?

Mijoz e’tirozlarini ko’rib chiqish (Chargeback) – 40 000 so’m

To’lovni virtual kartaga qaytarish mumkinmi?

Virtual kartaga pulni qaytarish jismoniy VISA kartalar singari amalga oshiriladi.

Virtual kartaning amal qilish muddati mavjudmi?

Amal qilish muddati – 1 yil

Virtual kartani vaqtincha blokirovka qilish mumkinmi?

Ha. Siz Payme ilovasida o’z kartangizni mutlaqo bepul tarzda vaqtincha bloklashingiz mumkin.

Payme ilovasi uchun parolni yo’qotsam va karta yo’qolib qolsa nima qilishim kerak?

+998 (78) 150 22 45 raqami orqali koll-markaziga murojaat qiling.
Bizning operatorlarimiz sizga ilova va kartaga qayta kirishda yordam beradi.

Ilovadan yo’qolgan kartani qanday tiklash mumkin?

Agar karta virtual kartani ochgan hisob qaydnomangizdan yo’qolgan bo’lsa va ma’lumotlaringizni eslab qolgan bo’lsangiz, «Kartani qo’shish» tugmasini bosing, karta raqamini, amal qilish muddati va CVV-ni kiriting. Karta kartalar ro’yxatida paydo bo’ladi.

Agar siz kartani yangi hisob qaydnomasiga qo’shmoqchi bo’lsangiz, identifikatsiyadan o’ting, keyin +998 (78) 150 22 45 raqami orqali koll-markaziga murojaat qiling.

Bizning operatorlarimiz sizga ilova va kartaga qayta kirishda yordam beradi.

Agar VISA virtual kartamni yopmoqchi bo’lsam, nima qilishim kerak?

Virtual kartani yopish uchun Ravnaq-bankka murojaat qilib, ariza yuborishingiz mumkin.

Karta yopilganda, sug’urta depozitini olsam bo’ladimi?

Virtual kartani yopganda, siz kartadagi barcha mablag’larni qaytarib olishingiz mumkin. Arizani topshirgandan keyin 30 kun o’tgach, siz sug’urta depozitini olishingiz mumkin.