FIRIBGARLARRDAN OGOH BO’LING!

11 Noyabr 2020

Oxirgi bir sutka ichida bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga bir nechta foydalanuvchimiz murojaat qilib, yordam so‘rashdi: o‘zlarini xaridor deb tanishtirgan shaxslar ularning kartalaridan mablag‘ yechib olishgan. Sizga qanday qilib firibgarlar qarmog‘iga ilinmaslik va mablag‘larni himoya qilish haqida so‘zlab bersak.

Bu qanday ro‘y berdi?

Foydalanuvchi olx.uz saytida mahsulot sotuvi haqida e’lonni joylashtirgan.
Unga o‘zini xaridor deb tanishtirgan, lekin aslida unday bo‘lmagan shaxs murojaat qilgan.

Foydalanuvchiga telegram orqali murojaat qilgan “xaridor” undan mahsulotni Fargo yetkazib berish xizmati orqali jo‘nata olishi yoki olmasligi haqida so‘ragan. Ijobiy javob olgan “xaridor” foydalanuvchimizga quyidagi ko‘rinishdagi havolani jo‘natgan:

Foydalanuvchi haqola orqali o‘tib, ro‘yxatdan o‘tgan, bundan so‘ng uning telefon raqamiga tasdiqlash kodi ko‘rsatilgan sms-xabar jo‘natilgan. Uni saytga kiritish orqali u birinchi xatolikka yo‘l qo‘ygan – shubhali saytda o‘zining karta ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini bergan.
Unga saytdan quyidagi mazmunga ega xabar kelgan:
“Hisobingizda kamida 500.000 so‘m mablag‘ bo‘lishi lozim”.
U karta balansini to‘ldirib, ikkinchi xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay uning kartasidan mablag‘lar yechilgan, telegramdagi o‘zini xaridor deb tanishtirgan shaxs bilan yozishmalar esa o‘chirilgan.

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Birinchi navbatda, norasmiy saytlarda ma’lumot kiritish kerak emasligini yodda tuting. Yetkazib beruvchi saytning ishonchli ekanligiga shubha qilsangiz, tasdiqlash kodini kiritish ham kerak emas.

Haqiqiy Fargo va OLX saytlari quyidagi ko‘rinishga ega:
http://fargo.uz/
https://www.olx.uz/

Begona shaxslarga kartangizning raqami, amal qilish muddati va uning orqa tarafidagi CCV/CVV kodlarini jo‘natish kerak emas. Ushbu ma’lumotlarsiz kartangizdan mablag‘ yecha olmasliklarini yodda tuting.

Payme CARD elektron hamyonidan foydalaning.
Zaruriyat tug‘ilsa, balansingizni bo‘sh qoldirgan holda, uni turli saytlarda ro‘yxatdan o‘tkaza olasiz. Firibgarlar hamyoningizning ma’lumotlarini bilib olgan taqdirda ham, hisobning bo‘shligi sababli, undagi mablag‘lar yechilmaydi.

Mablag‘lar yechilgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Payme qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling – biz yordam berishga harakat qilib, qo‘limizdan kelgancha ko‘mak ko‘rsatamiz.

Shuningdek siz IIV va kartangizni chiqargan bankka murojaat qilishingiz mumkin.